«Inson”  ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak bermoqda

Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar davlatimiz tomonidan muhofazaga olingan. Ularga doim g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda. O‘zgalar mehri va yordamiga muhtojlarning holidan xabar olish, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish an’anaga aylangan.Tumanimizdagi “Jaloir” mahallasida istiqomat qilayotgan  Jo‘rayeva Uldon momoning xonadoniga «Inson” ijtimoiy xizmatlar bo‘limi  xodimlari borishdi. Onaxonni bayram bilan muborakbod etishdi. Bo‘lim xodimlari onaxonga nogironlik aravachasi hamda eshitish moslamasini topshirishdi.

Keksalarni e’zozlash, otaxon-u onaxonlarimiz hayotini mazmunli qilish yo‘lida olib borilayotgan ishlarimizni yanada kuchaytirish samaradorlikni oshirishda  o`z natijasini beradi.

                                                                     O‘ktam Xoliqov,

                        «Inson” ijtimoiy xizmatlar bo‘limi  boshlig‘i