QURILISHDA YONG‘IN XAVFSIZLIGIGA RIOYA QILSANGIZ O‘ZINGIZNI VA UYINGIZNI ASRAYSIZ

Mamlakatimiz har jihatdan rivojlanishda. Baland-baland binolarning qurilishi insonlarning ehtiyojlari bo‘lib, ilgariga qaraganda ko‘paymoqda. Fuqarolarimizning qurulish ishlarini olib borish jarayonlarida yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilmaganliklari oqibatida joylarda yong‘inlar ko‘payib, insonlar halok bo‘lmoqda. Shuning uchun davlat tashkilotlarida va yashash uylarida doimo qurilish ishlarini amalga oshirayotganda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha talablarni bajarish kerak. Hozirgi vaqtda fan va texnika yutuqlari, yer osti va yer usti boyliklaridan unumli foidalanish muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati taraqqiyot bosqichlarida olov qanchalar muhim o‘rin tutganligi tarixdan ma`lum. Keyinchalik ajdodlarimiz mazkur kashfiyot mevasidan noto‘g‘i foidalanish qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi aniqlashgan va olov ta`sirida yuzaga keladigan barcha ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan ehtiyot choralarini ko‘rishgan. Uy qurilishidan tortib uni isitish va sovutish tizimlari, oshxonaning joylashtirilishi, o‘choq boshida olov yoqish qoidalari o‘ziga xos bo‘lib, ularda yong‘inga sabab bo‘ladigan holatlarga yo‘l qo‘yilmagan. Bolalarga-ku olov bilan bog‘liq hech qanday yumush buyurilmagan yoki bolalarning olov o‘ynashiga mutlaqo izn berilmagan.

Afsuslar bo‘lsinki, bizning davrimizga kelib ko‘pchilik ota-onalar olov bilan bog‘liq ishlarda, aytaylik, ovqat pishirish, choy qaynatish singari uy-ro‘zg‘or yumushlarida yong‘in xavfsizligi qonun-qoidalariga amal qilishmaydi yoki bu yumushlarni bolalarga topshirib qo‘yishadi. “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” bo‘yicha tumanimizdagi mahallalarda yashovchi fuqarolarning xonadonlarning yong‘inga qarshi holatini ko‘zdan kechirganimizda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Xonadon egalariga kerakli bo‘lgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Talablarni qo‘pol ravishda buzgan fuqarolar ma`muriy jarimaga tortilib, ularga qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borildi. Yashash joylarida bo‘lgani kabi ish joylarida ham yong‘inga olib keluvchi holatlarga loqayd munosabat hamon saqlanib qolayotganligi tashvishlanarlidir. Buning natijasida joylarda turli darajadagi yong‘inlar sodir bo‘layapti.

                           Sherzod XAITMURODOV,

Qumqo‘rg‘on tumani FVB Profilaktika va nazorat bo‘linmasi katta inspektori, mayor