SOHALARDA O‘SISH QAYD ETILMOQDA

Navbatdagi yil poyoniga yetmoqda. O‘tib boryotgan 2023 yilga nazar tashlasak sohalarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar ko‘z o‘ngimizga keladi. Bajargan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz tumanning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatgichlarida ifoda etilmoqda. Qumqo‘rg‘on tuman statistika bo‘limida mavjud ma`lumotlar bo‘yicha 2023 yil yanvar-noyabr oylarida tumanda sanoat, xizmat, qurilish, chakana savdo sohalarida ishlab chiqarish, qurilish va chakana savdo aylanmasi sur`atini oshirishga erishildi. Qo‘lga kiritilgan ko‘rsatgichlar, miqdorlar sa`y-harakatlarning natijasi. Dastlabki ma`lumotlarga asosan 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Qumqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 703,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘sish sur`ati 106,3 foizni tashkil etdi. Xizmatlar bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi 811,3 milliard so‘mga yetkazildi. Bunda o‘sish sur`ati 108,2 foizligi ma`lum bo‘ldi. Qurilish sohasida 244,4 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 104,4 foiz o‘sishga erishildi. 743,5 milliard so‘mlik chakana savdo tovar aylanmasi qayd etildi. O‘sish sur`ati 103,0 foiz bo‘ldi.

                                                                                                                SH. ALLAYAROV,

                                                                   Qumqo‘rg‘on tuman statistika bo‘limi boshlig‘i