Tilda, fikrda, ishda birlik

 Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimiz tarixida ikkinchi Respublika Ma`naviyat va ma`rifat Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni davlatimiz rahbari o‘zlari boshqarib bordilar. Bugun dunyo shiddat bilan rivojlanib bormoqda, lekin xalqlar milliyligi, uning ma`naviyati inqiroz darajasiga yetib bormoqda.

Bugun yurtimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun davlat budjetidan bu yil uchun eng ko‘p – 134 trillion so‘m mablag‘ ajratilganligi, bu ko‘rsatgich 2016-yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyod ekanligi ta`kidlandi. Prezidentimiz: “Tarixdan ma`lum: Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san`at namoyandalari, ma`naviyat va ma`rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur” deb ta`kidladilar. Vatanimiz tarixdan yorqin iz qoldirgan buyuk jadid adabiyotining namoyondalarini xalqimiz biladi. Sabab ular “Tilda – fikrda – ishda – birlik” bosh g‘oya atrofida birlashib xaqlimizning asriy orzusi bo‘lmish mustaqillik sari olg‘a boshlaganlar.

Aynan shu Kengash yig‘ilishida ham davlatimiz rahbari tomonidan aynan jadidlarning Buxoro viloyatidagi tarixiy maskanda “Jadidlar merosi davlat muzeyi” ochilishi shunindek “Jadid” nomli yangi gazeta tashkil etililishi. Ushbu gazeta 2024-yil 1-yanvardan boshlab 1-soni nashr etilishi bu bizningning milliy ma`naviyatimiz, sharqona aytadigan bo‘lsak buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatimizdan dalolat beradi. Xabaringiz bor respublika hududida 4 (hokim, prokuror, ichki ishlar, soliq) sektorlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur sektor rahbarlari tuman (shahar) viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar bilan shiddatli ish olib bormoqdalar. 2023-yil 16-17-noyabr kunlari davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari bo‘yicha 5-sektor Ma`naviyat sektorini tashkil etish bu “Surxondaryo tajribasi”ni ommalashtirish bo‘yicha bergan topshiriq va ko‘rsatmalariga muvofiq viloyatning barcha hududlarida tashkiliy va amaliy ishlar boshlab yuborildi. Ushbu 5-sektor Ma`naviyat sektori faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha viloyat hokimi sektor rahbari, hududlardagi tuman (shahar) hokimlari hududiy sektor rahbarlari sifatida biriktirildi. Muhtasar aytganda bugun davlatimiz tomonidan ma`naviyat va ma`rifatga katta e`tibor qaratayotganliklari xalqimiz va fuqarolarimizning qalbida ona Vatanimizga muhabbat ruhini singdirish, yosh-avlod qalbida millatiga hurmat, buyuk ajdodlariga munosib vorislar bo‘lib yetishlarini ta`minlashni nazarda tutadi. 

                Sh. Mamadiyev,

Qumqo‘rg‘on tuman Ma`naviyat va ma`rifat bo‘linmasi boshlig‘i