“Hayot maktabi” mavzusida tuman seminari

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan o‘tkazilgan  videoselektor yig‘ilishida  umumta’lim maktablarida ikkita xorijiy til va kasbga shart –sharoit yaratish bo‘yicha  belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanimizdagi 3-maktabda  2023-2024 yil o‘quv yilida ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish hamda 11-sinfni “Hayot maktabi” etib belgilash  bo‘yicha tuman seminari o‘tkazildi.

-O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida maktabimizda ikkita xorijiy til koreys tili hamda ingliz tili dars mashg‘ulotlari o‘tilmoqda. 11-sinf qizlarimiz “Hayot maktabi”da pazandachilik sirlarini, to‘qish hamda tikuvchilik sirlaridan saboq olishmoqda. Shuningdek o‘quvchi qizlar tashabbusi bilan go‘zallik saloni ham o‘z ish faoliyatini boshlagan. Yoshi ulug‘ ustozlarimiz ustoz-shogird an`anasi asosida shogirdlariga milliy an’anamiz ramzi bo‘lgan ko‘rpa qavish va chopon qavish sirlarini ham o‘rgatishmoqda.Yoz mavsumida barcha xonadonlarda turli xil sabzavotlardan bankaga tuzlamalar yopishadi. Banka yopish qoidalari ham ko‘rsatib o‘tilmoqda. 11-sinfni bitirgan qizlarimiz kasb–hunar o‘rganib chiqishadi,-deydi 3-maktab direktori, viloyat Kengashi deputati Matluba Mahmudova.

Seminarda shuningdek tumandagi barcha maktab direktorlari ishtirok etishdi hamda tajriba almashishdi.

Rayhon Mengziyayeva