Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar.

1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar.

1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.

Baynalmilalchi jangchilar.

G‘irt yetimlar.

Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari.

Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar.

«O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.

1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar.

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar)

Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                     J.Imomov

Nogironligi bo’lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar

-Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo’shimcha qabul kvotasi ajratiladi. 

-Nogironligi bo’lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to’xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

-I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga DXM va (yoki) YIDXP orqali xizmat ko’rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo’llaniladi.

-Nogironligi bo’lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro’yxatidan (qayta ro’yxatdan) o’tkazish uchun davlat boji undirilmaydi. -Nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko’rsatiladi.

-I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro’yxatga kiritilgan.

-Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi. 

-Nogironligi bo’lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog’lomlashtirish huquqiga ega

-I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarning mulkida bo’lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi. 

-Mehmonxonalarda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

-Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko’chiriladi.

-Nogironligi bo’lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (17 mln so’mgacha) subsidiya ajratiladi.

-I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar yer solig’idan ozod qilinadi.

-Byudjet mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug’ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo’lgan bolalar to’lovdan ozod etiladi.

-Bolalikdan nogiron bo’lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so’m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi.

Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                     F.Mamatov

“Haj”ga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to’g’risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi

«Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga ko’ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

har chorakda davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu jinoyatlar ko’rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik xodimlari ishtirokida ko’rib chiqilishi majburiy bo’lgan taqdimnoma kiritib boradi;

har yarim yilda jinoyatlarning oldini olish hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish bo’yicha ko’rilayotgan choralar Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig’ilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.

2023-yil 1-dekabrdan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro’yxati quyidagi ma’lumotlar bilan to’ldiriladi:

hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to’g’risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo’yilgan sana va ro’yxatdagi tartib raqami) ma’lumotlar;

bolalarni davlat bog’chalariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro’yxati) to’g’risidagi (ariza navbatga qo’yilgan sana, ro’yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo’riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);

markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo’sh ish o’rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo’yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo’lgan hujjatlar to’g’risidagi ma’lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan, g’olib bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlar.

Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                     O.Xursandov

Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yo’l qo’yilmaydi.

Quyidagilar ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishdir:

-kamsitishni taqiqlash to’g’risidagi talablarni

-ish beruvchi ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

-ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo’lgan shaxslarni (ish o’rinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo’yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;

-homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog’liq sabablarga ko’ra ishga qabul qilmaslik;

-sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).

-Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi ko’rsatilib javob beriladi..

Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                     S.Choriyev

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

-mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so’m;

-bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so’m;

-pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so’m;

yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so’m;

-nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so’m;

-mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so’m;

-belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so’mdan) 800 000 so’mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so’m;

-zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 so’m;

-ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo’shimcha to’lovni hisobga olgan holda – 608 000 so’m.

Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

boshlig‘i                                                     S.Mengliqulov