Suv tejamkorligi davr talabiga aylanmoqda

Toza ichimlik suvi  yer sayyorasida insoniyat kun ko‘rishi uchun eng muhim va zarur manbalardan biri. Dunyo aholisi ortib borishi, iqlim o‘zgarishi va boshqa omillar sabab toza ichimlik suvi tanqisligi muammosi paydo bo‘layotgan hududlar soni ham yildan yilga oshib bormoqda.

Uyda suv isrofini kamaytirish, nafaqat bu qimmatbaho resursni asrashga, balki iste’molchilarning o‘z mablag‘larini tejashga ham yordam beradi. Xo‘sh suvni qanday tejash mumkin?

 Oqayotgan jumraklarni, hojatxona, maishiy texnika va maysa (gazon) purkagichlarni zudlik bilan tuzating. Oqish kichik bo‘lishi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan ular katta suv hajmining yo‘qotilishiga olib keladi.

Tishlaringizni yuvayotganda suvni o‘chiring, bir stakan suv tish yuvish uchun yetarli. AQSH atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) ma’lumotlariga ko‘ra, bu oddiy qadam bir oyda 700 litrdan ortiq suvni tejash imkonini beradi

Kir yuvayotganda suvdan kamroq foydalaning. Kir yuvish mashinasi yuzlab litr suvni sarflashi mumkin, shuning uchun undan oqilona foydalaning. Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval kirni to‘liq yuklash uchun yetarlicha kiyimingiz borligini aniqlang. Yuviladigan kirlar soni oz bo‘lsa, shunga mos ravishda mashinadagi suv sathini rostlang.

Vanna-hammom o‘rniga iloji boricha kamroq dush qabul qiling. EPA ma’lumotlariga ko‘ra, agar siz besh daqiqa yoki undan kamroq vaqt davomida dush qabul qilsangiz, siz 30 dan 45 litrgacha suv ishlatasiz. Bu raqamni 300 litr suv sarflaydigan vannalar bilan solishtiring.

 Iloji boricha suvni tejaydigan jumraklar, kir yuvish mashinalari, hojatxonalar va idish yuvish mashinalarini sotib oling. Suv va energiyani tejaydigan asboblarni sotib olish nafaqat suvni, balki elektr energiyasini ham tejashga yordam beradi.

       Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati