O‘qituvchi mehri

O‘qituvchi, ustoz haqida so‘z ketganida beixtiyor ilk bora qo‘limizga qalam tutgan birinchi muallimimiz gavdalanadi. Qaysi sohada faoliyat yuritmaylik, yaxshi-yomonni, oq va qorani tanitgan, ustoz va murabbiylarimizni qancha hurmat qilsak, shuncha kam. Tumanimizdagi 4-sonli umumta`lim maktabida o‘quvchilarga saboq berib kelayotgan mehridaryo ustozlar Mengliboyeva Muqaddas, Xojiyeva Oybarchin, Abdullayeva Gavhar, Aliqulova Nargiza, Boboqulova Xolnisalar jajji bolajonlarga harf tanishlari uchun, qo‘liga ilk bora ruchka ushlatib saboq berishmoqda.

 Ushbu ta`lim dargohida ustoz-shogird an`anasi  yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida gapirib ustozlar hamjihatlikda  maslahat olib turishadi. Hozirgi yoshlarga havasim keladi. Ilm olish uchun barcha sharoit mavjud. Biz ancha qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdik. Bunday kunlarning qadriga yetishga undayman,- deydi ustoz Oybarchin Xojiyeva.

Bir harf o‘rgatishning savobi dunyolarga teng. Mehrini, qalb qo‘rini berib o‘quvchilarga saboq berib kelayotgan ushbu maktab jamoasiga omad doimo yor bo‘lishini tilab qolamiz.

        Qirmiz Tursunova,

tuman Kengashi deputati