“OBOD XONАDON – OBOD KO‘CHА – OBOD MАHАLLА”: BIR MАQSАD SАRI BIRDАM HАRАKАT

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi eng olis va og‘ir hududlarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.

Dasturga muvofiq joylarda tanlab olingan 56 ta “qizil” toifadagi mahallalarda aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, ko‘makka muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, joylarda sog‘lom ma`naviy-ma`rifiy muhitni shakllantirish kabi qator maqsadlar ko‘zda tutilgan. Mazkur rejalarni sifatli va tezkor amalga oshirish maqsadida Prezident Аdministratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tijorat banklari hamda tegishli vazirlik va idora vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi shakllantirildi.

Qabul qilingan dastur talablaridan kelib chiqqan holda joriy yilning birinchi choragida qanday ishlar amalgan oshirildi? Natijalari qanday bo‘ldi? Ushbu savollarga javob berish maqsadida quyidagi ma`lumotlarga murojaat qilamiz. Xususan, Respublika ishchi guruhi vakillari viloyat sektorlari hamda hududiy hokimliklar bilan birgalikda aholi muammolarini aniqlash va ularni tezkor hal qilish maqsadida “og‘ir hudud” toifasiga kiritilgan barcha 56 ta mahallada jami 41 mingdan ziyod xonadonda o‘rganishlar o‘tkazdi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar asosida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Jumladan, obodlik mezonlarini joriy etishda jami 9 mingdan ziyod ijtimoiy soha obyektlari hamda xonadonlar ta`mirlandi. Shulardan, ko‘plab uy-joy ta`mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari budjet va homiylar hisobidan bepul asosda joriy va kapital ta`mirlab berildi.

                                                                  R.TO‘XTAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri