Tibbiy madaniyat – salomatlik garovi

Har qanday sohada jismonan sog‘lom va ma`nan yetuk kadrlar bilangina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ushbu talablar  chegara qo‘shinlari uchun esa alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bois chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a`zolari va soha faxriylarining sog‘lig‘ini mustahkamlash, davolash va qayta tiklash ishlariga alohida e`tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-son Farmoni hamda 2020 yil 12 noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta`minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4891-son qaroriga muvofiq,  tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan Surxondaryo viloyati Chegara qo‘shinlari harbiy qisimlaridan birida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va aniq tashxis qo‘yish amalga oshirilmoqda.

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar va ularning oila azolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘kazildi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida kasalliklari aniqlangan ayollar va bolalarning salomatligini tiklashlari uchun barcha zaruriy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

                                                                Firdavs To‘rayev,

                                                                 harbiy xizmatchi