OLTMISH SAKKIZINCHI SESSIYA BO‘LDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada tuman kengashi deputatlari, tashlilotlar va muassasalar rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV xodimlari qatnashdi. Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Anvar Normamatov boshqardi.

Sessiya kun tartibida Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi mudiri R. To‘xtayev Prezidentning qaroriga asosan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarining tumandagi ijrosi, Qumqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari N. Allanazarovning  tumanda 2023 yilning o‘tgan davrida “Yoshlar daftari” hamda yoshlar muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi. Ma`ruzachilar deputatlarning savollariga javoblarini bildirdi. Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tuman Kengashining qarorlari qabul qilinib, sessiya ishi yakunlandi.