PIROTEXNIKA XAVFLI MAHSULOT

Respublikamiz hududiga pirotexnika vositalarini olib kirish, saqlash, ishlab chiqarish, sotish ta`qiqlangan. Bu boradagi xatti-harakatlar O‘zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan jazolanadi. Shunga qaramasdan pirotexnika vositalari bilan bog‘liq hodisalar sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa har yili yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalari savdosi avj olmoqda. Tadbirkorlar tadbirlarda, ommaviy axborot vositalarida ko‘p marta targ‘ibot qilinishiga qaramasdan pirotexnika mahsulotlarini savdoga chiqarayapti. Bu ko‘rinishi chiroyli, ammo qilmishi yomon mahsulotlarni yosh, hali ko‘p narsani tushunib yetmagan o‘gil-qizlar sotib olayapti. Bir necha daqiqalik ko‘ngil chog‘lik uchun sog‘ligi va hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda. Kuyish, tan jarohati olish kabi noxush holatlarga duchor bo‘lib, ko‘rimsiz qiyofaga ega chiqmoqda.

                Hurmatli ota-onalar, tadbirkorlar, o‘gil-qizlar pirotexnika mahsulotlari bilan xatti-harakatlar sodir etmang! O‘zingiz va o‘zgalarning sog‘ligi, xavfsizligi uchun pirotexnika mahsulotlari bilan bog‘liq jinoiy harakatlarga qarshi kurashing!

А.Қ.Холмўминов

Қумқўрғон тумани ИИБ ЖХХ ЖТСГ катта инспектори
катта сержант