Qanday holatlar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi?

Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🔹so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🔹davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lanmaganligi;
🔹loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;
🔹bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
🔹bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
🔹loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
🔹binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;
🔹bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
🔹vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
🔹obyektlarning taqiqda turganligi;
🔹bino va inshootlarning ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmaganligi;
🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

Sh. Butayev,

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi direktori