Dunyoda kasblar ko‘p, ammo shunday bir kasb borki ming xil kasalliklarni bartaraf qilib odamlar salomatligi uchun, ularga yaxshi kayfiyat, xotirjamlik baxsh etadigan insonlarni biz shifokorlar, salomatlik posbonlari, najot farishtalari deb ataymiz.
To‘g‘ri inson borki isitmasiz bo‘lmaydi. Shifokor kasallik sababini bartaraf qilib insonni oyoqqa turg‘izadi. Sog‘lom bo‘lishlik insonni o‘ziga bog‘liq. Inson peshonamga shunday yozilgan deb omonot devorning tagida turmasdan harakat qilmog‘i lozimdir. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, doimiy piyoda yurishlik, jismoniy tarbiya bilan shug‘illanish, organizmni chiniqtirish, ovqatni haddan tashqari ko‘p yemasdan, oz-ozdan kamroq yeyishlik, asabiylashmaslik, har tong erta uyqudan turgach bir stakan iliq suv ichishlikni odat qilishlik ko‘p kasallikni sizdan chekintiradi. Aks holda insonni davolash ham qiyinchilik tug‘diradi. Sog‘lom odam ham baxtsiz bo‘lishi mumkin, ammo bemor odam hech vaqt baxtli bo‘lolmaydi. Kasal bo‘ldim deb turli dorixonlardan dorilar olib uni shifokor nazoratisiz iste`mol qilish, ruju qo‘yish ham yaxshi natija bermasligi mumkin. Tabiiy giyohlardan foydalanilsa foydadan holi bo‘lmaydi.
Bobomiz Abu Ali Ibn Sino vorislarimiz. Biz shunday kasb egalarimizki hech narsamiz bo‘lmasin, lekin tabbiy muomila madaniyati bilan bemorlarni davolab yuborish qobiliyatiga ega bo‘lgan kasbkor egalarimiz. “Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqadi” deyishadi xalqimiz. Bemor sizga murojaat qilar ekan ich-ichidan “doktor sizni xudoga, o‘zimni sizga topshirdim” deb murojaat qiladi. Xoh ichki kasalliklarni davolovchi terapevt bo‘ladimi, xoh jarrohlik bilan shug‘ullanuvchi jarrohlarmi, xoh ko‘zlarga nur bag‘ishlovchi okulistlarmi, xoh tishlarga dur hadya qiluvchi stomatologlar bo‘ladimi, xoh birinchilardan bo‘lib chaqoloqlarni kaftida ko‘tarib kutib oluvchi akusher-genekologlarmi, kelajagimiz vorislarining sog‘ligi bilan shug‘ullanuvchi pediatrlar bo‘ladimi, Lor vrachlarmi, nevropatolog, kardiolog, reanimatologmi, UZI, rentgenologmi, tashxis qo‘yishda laborant vrachlarmi barchasining maqsadi bitta bemorga yordam ko‘rsatish, sog‘lig‘ini saqlash, uni oyoqqa turg‘azishdir. Shu bois ham har bir shifokordan fidoyilikni, chuqur bilim, tajriba sohibi, yuksak aql zakovat, yuksak oliyjanob kasb egasi bo‘lishlik talab etiladi. Shuning uchun ham Olloh inoyati va sizning ilm mahoratingiz tufayli tuzilgan, oyoqqa turgan bemorlar qalbida, nazdida uzoq yashaysiz. Yashaganda ham najotkor, yaxshilik, ezgulik kuychisi sifatida yashaysiz.
Sizlar bo‘lmasalaringiz nima bo‘lardi… Siz borsizki odamlar hayotiga hech qanday kasallik xavf solmaydi. Siz borsizki turli kasalliklar ortga chekinmoqda. Xabaringiz bor ko‘zga ko‘rinmas vabo “karonavirus” boshimizga kelganda birinchi bo‘lib barcha shifokorlar, hamshiralar peshvoz chiqib qalqon bo‘lishdi, ularni esa xudo qo‘llab turdi. Natijada kasallik ortga chekindi. Osmon qadar bag‘ri keng yuragida mehr to‘la xalqimiz esa bu kasb egalariga “Zamonamiz qahramonlari” deb yuksak maqom berishdi.
To‘g‘ri farishtalar haqida farishtalar, payg‘ambarlar haqidagi haqiqatni payg‘ambarlar, shifokorlarni ularning yuragidagi oliy qoidalarni, insonparvarlik, burch, fidoyilik, har bir bemor uchun mas`uliyat bilan yondoshib uni oyoqqa turg‘azib sog‘aytirish haqidagi ichki kechinmalarini faqatgina shifokor bo‘lgan insongina tushunadi.
Shifo ahli, aziz hamkasblar sizlarni tibbiyot xodimlari bayrami bilan tabriklayman. Hamisha kasbingiz Sizni, Siz kasbingizni ulug‘lab yuksaklik cho‘qqisini zabt etib buyuklik darajasiga yetishingizni istayman. Hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodat hisoblanmish barchaning yo‘lini yoritib turgan shamchirog‘ingiz yonishdan to‘xtamasin.
Siz o‘sha Sinoning sodiq izdoshi,
Shogirdsiz o‘shandek buyuk insonga.
Qilayotgan har bir savob ishingiz,
Loyiqdir tahsin va yo unvonga.
Abdurasul CHO‘LIBOYEV,
tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari