Adib va shoir, ulkan davlat arbobi hamda sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur XV asr oxiri va XVI asr boshlarida yashagan. U bolaligidan adabiyotga, she`riyatga mehr qo‘ygan. U yashagan davrdan yillar o‘tsa-da ijodkorning asarlari adabiyot muxlislari tomonidan sinchiklab o‘qilmoqda. Ma`nolarini anglab hayot faoliyatida qo‘llayapti. Mumtoz adabiyotning ulkan ijodkori ruboiylarini tavalludi kuni munosabati bilan sizga havola etayapmiz.
* * *
Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,
Ko‘zdin uchadir uyqu chu aqsham bo‘ladur.
Har ikkalasi g‘amim bila sabrimdek,
Borg‘on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur.
* * *
Yo Rab, menda ne yaxshi tole` bordur –
Kim baxti muti`yu yori tobe` bordur.
Ma`zur tut ar vaslingga kechroq etsam,
Ne chora qilay ozgina mone` bordur.
* * *
Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko‘z nurini rahgi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurib sayr etsa,
Bu fasldakim, latifu dilkash toladur.
* * *
Qish bo‘ldi-yu, bo‘ldi barcha tomu tosh qor,
Jam`iyati bor kishiga bordur xush qor.
Bu qishda yomon yo‘lu parishon holim,
Yo Rab, meni yaxshilig‘ sari boshqor!
* * *
Yillar tilab, ishni qobu saxlab turdum,
Yuz jahd bila ishni munga etkurdum.
Mardona bo‘l, emdi yaxshidur ish kelishi,
Tangriga seni, elni senga topshirdum.
* * *
Davlatka etib, mehnat elin unutma!
Bu besh kun uchun uzungni asru tutma!
Borg‘onni, kel emdi, yod qilmay, ey do‘st,
Borish-kekishingni lutf etib, uksutma!
* * *
Ash`oringkim, she`r oti ta bo‘lg‘ay,
Tab` ahli anga volayu shaydo bo‘lg‘ay.
Har lafzu duru bahri maoniy anda,
Kim ko‘rdi dureki, anda daryo bo‘lg‘ay.
* * *
She`ring eshitur fikrini Bobur qildi,
Ne fikri xushu yaxshi tasavvur qildi.
Ko‘zni yorug‘ ayladi savodi birla,
Mazmuni bila quloqni purdur qildi.
N. MUHAMMADIYEV tayyorladi