Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz

Bugungi kunda yoshlarimiz madaniyat, ma’rifat, she’riyat, sport, san`at va yana ko‘plab sohalarda muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Bizning maktabimiz tumandagi sport sohasida yetakchi maskanlardan biri hisoblanadi. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan » Umid nihollari» sport musobaqalarida ham maktabimiz jamoasi muvaffaqiyatli qatnashib viloyat, respublika bosqichlarida yuqori natijalarga erishmoqda. 

Qumqo’rg’on tuman XTB ga qarashli 5-maktabda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan jonkuyar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Jumayev Yusuf Pardayevich haqida to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmaydi. U yosh o‘qituvchi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab shogirdlari sport sohasida o‘z o‘rnini egallamoqda.

Yu. Jumayev 2011-yil tumanimizdagi kasb-hunar kollejida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limiga qarashli Bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2016 yildan buyon 5-maktabda faoliyat yuritmoqda.»Umid nihollari – 2022″ sport musobaqalarining badminton  turi bo‘yicha ko‘plab shogirdlari yuqori cho‘qqilarni zabt etdi.

2022 yil 6-7 may kunlari «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali doirasida tashkil etilgan(etno) sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqasida faol ishtirok etganligi uchun bir necha shogirdlariga  Bosh boshqarma boshlig‘ining Tashakkurnomalari taqdim etildi.

Xalq ta’limi tizimida o‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga yanada keng jalb qilish, ma’naviy va jismoniy komillikka intilish zarurligi tushinchasini shakllantirish o‘quvchi yoshlarning kundalik turmish tarziga singdirish, ularni jismonan barkamol, baquvvat va sog‘lom bo‘lishi hamda Vatanga mehr-muhabbat va o‘z mamlakati uchun g’urur-iftixor ruhida tarbiyalash yo‘lidagi fidoyiligini yuksak qadrlaydi.

Eng quvonarlisi shundaki, yaqinda Yusufjon Jumayev oliy toifali ustoz maqomiga ega bo‘ldi.    Barcha maktabimiz ustozlari Yu. Jumayevning yutuqlari bardavom bo‘lishiga tilak bildirib qolamiz.

Z. Beknazarova,

 Madaniy-ijodiy masalalar  bo’yicha targ’ibotchi