TIL VA DIL

1989 yil 21 oktabr qonun asosida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida vatanimiz tarixidan mustahkam o‘rin oldi. Faylasuflar nuqtai nazaridan qaraganda o‘zbek millatining tili, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, hududiy yaxlitligi, uzoq yillik etnik an`anaylari, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy g‘oyalari o‘zaro tushunarli so‘zlashuv vositasida bayon qilishga asoslandi. Bu davlatimiz hududida yashayotgan tub aholi hayoti va ularning faoliyatida ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Ular barcha jabhalarda o‘z tillarida gaplashib, ish jaroyonlaridagi texnologiyalarni emin-erkin boshqarmoqda. Mehnatga munosabat yaxshilanib sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarayapti.

Shu bilan birga millatlar o‘rtasida munosabatlarni yanada yaxshilash, o‘zaro do‘stlik, tinchlik, totuvlik, mamlakatimizda yashayotgan turli millat vakillarining o‘ziga xos milliy an`analarini hurmat qilish diqqati, e`tiborida turibdi. Yoshlarning bilimi, tarbiyasi, iste`dodi, iqtidori, odob-axloqi rivojlantirilib mustaqil hayotga, sohalarda namunali mehnat qilishga tayyorlanayapti. Buni iste`dodlarni kamolga etkazish misolida tushuntirganda ijodkorlar o‘zbek tilida ijod qilishi, o‘z asarlarini o‘zi uchun tushunarli bo‘lgan bu qadrdon tilda nashr etishi uchun shart-sharoitlar mavjud. Iste`dodlilik keng qamrovli bo‘lib yurtimizda iste`qomat qilayotgan turli millat vakillari ham o‘z tilida so‘zlashishi, ijod qilishi, televideniyeda gapirishi uchun qonuniy asos yaratilgan.

Tumanimizda rus tilida so‘zlashuvchi o‘qituvchilar istiqomat qilmoqda. 3-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Rumya Balabayeva 1987 yildan buyon hozirgacha o‘quvchilarga rus tili fanini ardoqlab o‘rgatmoqda. Ayni paytda 2 “A” sinfga rus tilidan dars o‘tayapti.

-Rus tili xalqaro til. Ingliz tili bilan bir xil ommaviylashgan. Sinfimga mahalliy o‘zbek va tojik tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilar ta`lim-tarbiya o‘rganish uchun kelayapti. Ularga Alifboni, rus tili gramatikasini, rus tilida gapirishni o‘rgatayapman. Rus tilida o‘qishni, ota-ona, vatan haqida she`r, qo‘shiq hamda maqolalar aytishni bilib oldi. Rus xalqi urf-odatlardan xabardor bo‘lmoqda. Ruslar qaysi mamlakatda ko‘p yashaydi deb savol berganda Rossiyada deb aytayapti. O‘quvchilar Xayr Alifbo, Karavay, Blinchikni pishirish, Navro‘z bayrami tadbirlarida qatnashib bilimlarni o‘rganganligini namoyish qilayapti. Boshlang‘ich sinfda A. Navoiy, Z. M. Bobur, A. Avloniy, Zulfiya kabi ijodkorlarning hayoti va ijodi mavzularida mashg‘ulorlar o‘tayapman. Noan`anaviy dars mashg‘ulotida mudroq o‘quvchi tush ko‘rsa ulug‘ alloma yaxshi o‘qi deb maslahat bermoqda. Yuqori sinflarda rus mumtoz adabiyoti namoyandalari A. S. Pushkin, M. Lermontov, A. Chexov, Bulgakov, Pasternak kabi yozuvchilarning ijodidan namunalar o‘rgatilyapti. Bilimlarni mustahkamlash uchun  “Moya rodina – O‘zbekistan” nomli va boshqa ko‘rgazmali vositalar tayyorlangan. Ota-onalari yaxshi nazorat qilgan o‘quvchilarning bilimi yaxshi bo‘layapti.

Hozir Fin texnologiyasi bo‘yicha kiroblar keldi. Ularda asosiy va qo‘shimcha mavzular ajratilgan. Bu kitoblar bizga yangilik bo‘lib bolalarning bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha topshiriqlar mavjud. Ularni o‘rgatish o‘quvchilarning bilimini oshirishda yordam beradi. Maktabimizda rus tili chuqur o‘rgatilganligi boiz o‘quvchilar tuman va viloyat fan olimpiadalariga chiqib faxrli o‘rinlarni olmoqda, – dedi boshlang‘ish sing o‘qituvchisi R. Balabayeva.

Biz bilan bir havoda nafas olib, mavjud qulaylik va imkoniyatlardan foydalanayotganlar orasida tojik millatiga mansub birodorlarimiz, do‘stlarimiz bor. Biz o‘zbek tili bayramini qalbimizda faxr-iftixor bilan nishonlayotgan paytimizda ular o‘z milliy an`analarini qanday rivojlantirayotganligini bilish ham qiziq. Shu maqsadda tuman SEO va JS bo‘limida vrach bakteriolog lavozimida ishlayotgan Qurbonmurod Saparov bilan suhbatlashdim.

-Shu sohada ishlayotganimga 34 yil bo‘ldi. O‘zim tojik millatiga mansubman. Hozirgacha barcha kasbdoshlar, tumandoshlar bilan samimiy, do‘stona munosabatda bo‘ldim. Hech kim bilan san-manga bormaganmiz. Zamonamiz tich. Barcha bemorlar bilan teng huquqlilik asosida munosabatda bo‘lib, ularning bakteriologik tekshiruvlarini o‘tkazayapmiz. Bundan tashqari, tashqi muhit: tuproq, suv, havo, oziq-ovqatlarni nazorat qilayapmiz. Biz uchun insonlar va tabiatning sog‘lom, musaffo bo‘lishi hamma narsadan ustun.

Bu suhbatlar asosida xulosa chiqarsak aholi qaysi millatga taalluqli bo‘lishiga qaramasdan tinch, osuda, inoq yashamoqda. Ular yagona maqsadda yurtimizning rivojlanishi, farzandlarning ta`limli-tarbiyali ulg‘ayishi, aholining sog‘lom, farovon, baxtiyor yashashi uchun mehnat qilayapti. Bunday dorilamon damlarning qadriga etib, faoliyat yuritish har bir yurtdoshimizning burchi ekanligini aslo unutmang.                          

                                                           N. MUHAMMADIYEV