Elimizni va elimiz ardoqlagan shoir

O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf (1954-2001) qisqa umr ko‘rsa-da boy ijodiy asarlari bilan o‘zbek adabiyotiga ko‘p hissa qo‘shdi. Uning she`rlari xalqchil, elimizdek beg‘ubor, tez yodda qolib, uzoq esdan chiqmaydigan shoirona tafsilotlari bilan o‘ziga xos, tushunarli. Uning she`rlarini yoddan bilmaydigan, qo‘shiq sifatida xirgoyi qilmaydigan odam yo‘q. Chunki shoirning ijodiy asarlari xalqimiz orasida ommaviylashgan, kitoblari kitob javonlarini bezayapti. Kitobxonlar sevib o‘qiyapti.

Shoir Muhammad Yuzufning ilk she`ri 1976 yili “O‘zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasida nashr etildi. 1985 yilda “Tanish teraklar” nomli birinchi kitobi bosmadan chiqdi. Shundan keyin sermahsul ijodkorligi, so‘z san`atkorligi, xalqimizning otashnafas nazm ustasi ekanligi bilan mashhur bo‘ldi. Juda ko‘p kitoblari nashriyotlarda chop etilib adabiyot muxlislari, qo‘shiq shinavandalarini xursand qildi. 2004 yilda “Ulug‘imsan,Vatanim”, 2007 yida “Saylamna”, 2009 yilda “Xalq bo‘l elim” nomli kitoblarini yozib adabiyot xazinasini boyitdi. O‘zingiz shoirning “Vatanim” sarlavhali she`rini yaxshi bilasiz:

Men dunyoni nima qildim,

O‘zing yorug‘ jahonim,

O‘zim xoqon, o‘zim sulton,

Sen taxti Sulaymonim,

Yolg‘zim, yagonam deymi,

Topingan koshonam deymi,

O‘zing mening ulug‘lardan

Ulug‘imsan, Vatanim.

Yurtimizda atoqli shoirning nomi abadiylashtirildi. Toshkent shahri, Marhamat va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi ko‘chalarga, Marhamat tumanidagi san`at maktabiga, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasiga Muhammad Yusuf nomi qo‘yildi.

Qumqo‘rg‘on  tumani  7-sonli maktabning  3- “B” sinf o‘quvchilari ishtirokida   Muhammad Yusuf  tavalludining 70  yilligiga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi. Sinf rahbari Gulsoat Qobilova shoirning hayoti va faoliyati, o‘quvchilar she`rlarini yoddan aytdi. Adabiyot muxlislari tadbirni maroq bilam tomosha qilib xursand bo‘ldi.

                                                                                   N. MUHAMMADIYEV