To‘xta korrupsiya!

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 15-apreldagi 126-son farmoyishi ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida rahbar xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida  aprel oyining uchinchi o‘n kunligi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” (keyingi o‘rinlarda-dolzarb 10 kunlik) deb e’lon qilinganligi sababli 22 aprel kuni Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limining barcha shaxsiy tarkibiga “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” mavzusida Qumqo‘rg‘on tuman Prokuraturasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borildi.

                                                         Qumqo‘rg‘on tumani IIB