TRANSPORT VOSITASINI BOSHQARISHDA TELEFONDAN FOYDALANMANG

Hozir mobil telefon vositasida suhbatlashish ommaviy tus olgan. Biroq transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar telefon vositasida suhbatlashishi mumkin emas. Haydovchi yo‘lda trasportni boshqarayotgan vaqtda gaplashsa jazoga toptiladi.

Trasport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi – eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

                                                                                        Davron CHORIYEV,

         Qumqo‘rg‘on tuman MXMKGB inspektori, katta serjant