O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SURXONDARYO VILOYATI QUMQO‘RG‘ON TUMANI HOKIMINING FARMOYISHI

2021 -yil  “13” iyul               10-8-114-F/21                        Qumqo‘rg‘on t.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi                   61 – son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 30/1-2308-sonli topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida:

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61 – son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 30/1-2308-sonli topshirig‘i maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga barcha tizim va sohalarda munosib tayyorgarlik ko‘rilsin.

 

  1. 2021 yil 1 avgustga qadar tumandagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, gazeta va rasmiy ijtimoiy tarmoq kanallari, reklama va eʼlonlar hamda tadbirkorlok su’bektlari va davlat tashkilotlaridagi avto transport vositalaridagi yozuvlar to‘liq “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi”da bo‘lishi taʼminlansin.

 

4.Tumandagi barcha korxona va tashkilotlar tomonidan ish qog‘ozlari va turli blankalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida boʼlishi taʼminlansin.

 

  1. Tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning birinchi rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61 – son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 30/1-2308-sonli topshirig‘i ijrosini taʼminlash boʼyicha shaxsan masʼul hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.

 

  1. Mazkur farmoyishning tumandagi korxona va tashkilotlarda ijrosini monitoring qilish boʼyicha ishchi guruh tuzilsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

  1. Tuman hokimining birinchi oʼrinbosari (M.Qultaev), tuman Davlat soliq inspektsiyasi (Z.Tursunov) tumandagi barcha tadbirkorlik su’bektlari tomonidan o‘rnatilgan tashqi bannerlar va ob’ekt nomlarini lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosida yozilishini;

– tuman Davlat xizmatlari markazi (Sh.Bo‘tayev) ga yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subʼektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda obʼekt nomlarini xorij tillarda yozilmasligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini taʼminlasin.

 

  1. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (N.Jumayeva) va “Qumqo‘rg‘on sadosi” gazetasi bosh muharriri (R. Mengziyayeva) tumanda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha tuman ishchi guruhi tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bosma nashrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.

 

  1. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

 

 

Tuman hokimi                                                                      R.Gapparov

 

               “TASDIQLAYMAN

                                                                                                                                 Qumqo‘rg‘on tuman hokimi

                                                                                                                                   ____________ R.Gapparov

                                                                                                                                       13  iyul 2021 y

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61 – son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021 yil 1 iyuldagi               30/1-2308-sonli topshirig‘ining ijrosini taʼminlash bo‘yicha tuman ishchi guruhi

 

TARKIBI

 

F.I.SH ISH JOYI
1 N.Allanazarov Tuman hokimi o‘rinbosari: Ishchi guruh rahbari
2 Sh.Bobonazarov Tuman hokimi maslahatchisi: Ishchi guruh kotibi
Ishchi guruh a’zolari
3 Sh.Mamadiyev Tuman Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i
4 R.Mengziyayeva “Qumqo‘rg‘on sadosi” gazetasi bosh muharriri
5 S.Mengliqulov Tuman Adliya bo‘limi masʼul xodimi
6 M.Аbdullaev Tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i
7 N.Ismatov Tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mudiri
8 X.Ulugʼova Maktabgacha taʼlim bo‘limi mudiri
9 B.Ismatov Tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi boshlig‘i
10 Y.Xolmoʼminov Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i
11 Lavozimiga ko‘ra Milliy gvardiya tuman bo‘limi masʼul xodimi (2 nafar)
12 Lavozimiga ko‘ra Tuman yo‘llardan foydalanish DUK masʼul xodimi                       (2 nafar)

 

Izoh:Ishchi guruhi aʼzolari 05.07.2021 yildan 29.07.2021 yilgacha tumandagi tashkilot, korxona va muassasalar bino ichi va tashqi tomonida lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosida yozilmagan tashqi reklama va peshlavhalarni lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosida yozilishi ustidan tegishli ishlarni amalga oshirsin. Аmalga oshirilgan ishlar boʼyicha ishchi guruh kotibi Sh.Bobonazarovga ahborot berilsin.

 

 

   Tuman hokimi maslahatchisi:                                                  Sh.Bobonazarov