MUALLIM OLAMNING YORUG‘ CHIROG‘I

Buyuklarning buyugi o‘zing,

         Sen tufayli yo‘lim charog‘on.

         Ma`rifatning bulog‘in ochgan,

         Ey, xokisor, ziyobaxsh inson!

Haqiqatan uztozlarimizni o‘quvchilariga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi shamchiroqqa o‘xshatsak bo‘ladi. Ustoz deb aytgan har bir shogird borki, o‘qituvchisining o‘g‘itlarini jon qulog‘i bilan eshitib ularni nafaqat sohalarda mehnat qilishda, balki butun hayoti davomida qo‘llaydi. Uztoz qalb qo‘ri bilan shogirdiga bor bilimlarini qoldirmoqlikni istaydi. Jumladan, Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalar texnikumida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Muallim olamning yorug‘ chirog‘i” shiori ostida bayram tadbiri bo‘ldi. Tadbirda talaba boshlovchilar suxandonlik qildi. Texnikum direktor  o‘rinbosari Safarali Mamayusupov mo‘tabar ustozlar, o‘qituvchilar va murabbiylarni bu shodiyona kun bilan tabrikladi. Badiiy qismda texnikum hayoti tasvirlangan videorolik namoyish qilindi. Talabalar she`rlar, hikmatli so‘zlar, maqollar aytdi. Qiziqarli viktorinada faol talabalar savol-javoblar topishda qatnashib topqirligini namoyon qildi. Tadbir hammada uztozlarga hurmat va ehtiromda bo‘lish zarurligi haqida taassurot qoldirdi.

                                                   Nazira XURRAMOVA,

Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalar texnikumi talabasi