CHORA KO‘RILDI

Tumanda tashkilot va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan aholi muammolari bilan ishlash, fuqarolar noroziligiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tuman Xalq qabulxonasi tomonidan  muntazam tahlil kilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2 ta ko‘rsatma, 8 ta taqdimnoma va 2 ta taklif chiqarilgan. Shundan 3 nafar xodimga xayfsan, 1 nafariga oylik ish haqi hisobidan jarimaga tortildi. Jumladan, murojaatlarni belgilangan vaqtlarda ko‘rib chiqmaganligi, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunidagi 28-moddasi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun quyidagi tashkilot mas`ul xodimlariga nisbatan taqdimnomalar kiritilib qonuniy choralar ko‘rildi. Xususan, AT Xalq banki Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on filialiga taqdimnoma kiritilib murojaatlar va ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi T. Xolboevga xayfsan, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining ishga joylashtirish bo‘yicha inspektori N. Gadoyshaevaga xayfsan, tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi X. Ramazonovga 2 marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilib  O‘zbekiston Respublikasi MJTK ning 43-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari, yani 300.000 (uch yuz ming) so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga 2 ta axborot chiqarilib, 4 nafar tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq deputatlari Kengashi majlisida muhokama qilish uchun har chorakda axborotlar kiritilib, sektorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitilmoqda.

                                                                                                 E. MAMATQULOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi  mutaxassisi

MAHALLADA SAYYOR QABUL BO‘LDI

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutloqa yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini yeshitish, ularning muammolarini hal yetishda, shak-shubhasiz  kutilgan natijalarni bermoqda.

Tumandagi 1-sektor hududiga qarashli “Yuksalish” mahallasidagi sayyor qabulda  tuman hokimi A. Normamatov, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri R.Tuxtaev, sektor rahbarlari, mutassaddi  tashkilot rahbarlari hamda “Yuksalish” mahalla fuqarolari ishtirok etdi. Fuqarolarning murojaatlarining aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal qilindi. Tuman hokimi muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga ijobiy hal qilish haqida topshiriqlarini berdi.

                                                                    I.  UMAROV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi  mutaxassisi