Qumqo‘rg‘on shahar madaniyat markazida mahallalarda faoliyat yuritayotgan “beshlik” masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi Anvar Normamatov yig‘ilishni kirish so‘zi bilan boshladi. O‘zbekiston Raspublikasi Prezidentining Surxondaryo viliyatidagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i Abdulhakim Eshmurodov Yangi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar, belgilangan vazifalarning mazmuni, ishchi guruhning mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazgan tekshiruvi va “beshlik” faoliyatidagi kamchiliklar haqida gapirdi. Kelgusida mahalla raisi vakolati kengaytiriladi, “beshlik”ni ”yettilik”ka o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. “Yettilik” mahalla raisiga bo‘ysinadi. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” mablag‘lari mahallaga o‘tkaziladi.
Ishchi guruh tomonidan hozirgi “beshlik” faoliyati o‘rganilganda Uyas, Achamayli, Xo‘jaqishloq, Pastxam, Xo‘jamulki, Yangi hayot, Ariqoshgan, Boymoqli, Besh qahramon mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, “beshlik”ka taalluqli mahalla faollari vazifalarini bajarmaganligini, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmaganligini tanqid qildi. To‘da, Uyas, Navbahor, Ko‘ganli, Xo‘jamulki mahallalarida hokim yordamchilari yetarlicha ish yuritmayotganligi, mahallada tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishdagi ishlar yetarlicha emasligini ta`kidladi. Viloyat hokimi yig‘ilish o‘tkazishi, nomlari aytilgan mahalla raislari, hokim yordamchilari kamchiliklarni tuzatishga e`tiborini qaratdi.
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Choriyev so‘zga chiqib, mahallalarda oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlar, ularni bankka qaytarishdagi qarzdorliklar, ajratilgan kreditlarni harajat qilmaslik hollari mavjudligi, mikrokredit bo‘yicha ish o‘rni yaratish rejasi yetarlicha amalga oshirilmayotganligi haqida gapirdi. Jumladan, oilaviy tadbirkorlik uchun 172 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Uning qariyb 40 milliard so‘mi, ya`ni 23 foizi qaytarilmadi. Yana bir holatda 114 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, uning 37 milliard so‘mi qaytarib to‘lanmadi. Navbahor, Munchoqtepa, Surxon sohili, Hunarmandlar mahallalarida qarzdorlik miqdori ko‘pligini aytib o‘tdi. Mahalla raisining mehnat faoliyatiga yangi vazifalarni bajarish ham qo‘shilayapti. Ish haqi tabelini to‘lg‘azish, mehnat intizomiga rioya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish, yaxshi ishlaganda rag‘batlantirish ham mahalla faollarini yanada g‘ayrat-shijoat bilan ishlashga puxta zamin bo‘ladi.
N. MUHAMMADIYEV