Sharafli kasb egalari

Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z shogirdlariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot shubhasiz  qalbidaryo ustozdir!

Haqiqatan ham, dunyodagi ming-minglab kasblar orasida ikkita buyuk kasb – shifokorlik va o‘qituvchilik kasbi borki, ular, toki hayot bor ekan, o‘zining ma’no-mazmunini va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo‘qotmaydi. Qumqo‘rg‘on tumanidagi uzoq yillar davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida rahbarlik qilgan Sanobar Ismoilova ko‘plab shogirdlarga ta`lim-tarbiya berdi.

Xalqimizda ilm o‘rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Kezi kelsa, hayot va borliq mohiyati, sir-asrorlariga bo‘ying barobar kitoblarni o‘qib ham yetish mushkul. Biroq ilm o‘rgatmoq zaxmati undan-da mashaqqatli. Sanobar aya ushbu mashaqqatni sharaf bilan yengib o‘tdi. Albatta, har bir bola ilk tarbiyani-ta`limni bog‘chadan oladi. Bolalarga haqiqiy mehr bera olgan insongina jajji bolajonlar bilan osongina til topisha oladi. Sanobar ayani ko‘rgan bolajonlar ko‘zlarida quvonch bilan qarshi olishadi.  Zero, oqu-qorani farqlay olmaydigan go‘dak olimlik rutbasiga yetishi uchun taxlam-taxlam kitoblarni o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Ustoz bu ishga butun borlig‘ini, mehrini baxsh etadi. Darhaqiqat, minglab murg‘ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigoh tashlashga o
5rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg‘otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa – suyab, yiqilsa – turg‘izadigan, yutuqlaridan boladek quvonadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatining o‘lchovi, qiyosi yo‘q.

Hurmatli Ustozlar kasb bayramlaringiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman!

          Norbibi Xalilova