OILА MUNOSАBАTLАRIDА ER-XOTIN O‘RTАSIDАGI MUSНTАRАK HUQUQLАR

Bugun butun dunyo oila instituti inqiroziga, xususan, nikohlar beqarorligi, ajrashishlar soni ortishi, nikohsiz tug‘ilishlar ko‘payishi, oilaviy hayot va farzand tarbiyasiga toqatsizlik kabi muammolarga to‘qnash kelyapti. Olimlar bunday muammolar millatning ma‘naviy tanazzuliga sabab bo‘lishi mumkinligini ilmiy jihatdan asosladi. Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilaning mustahkamligi ichki intizom va totuvligiga bog‘liqdir. Tinchlik va totuvlik, oilalarning intizomiga tayanadi, mamlakatda ijtimoiy ma‘naviy barqarorlik ham kuchli bo‘ladi. Аgarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa jamiyat tanazzuliga olib keladi. Oila barqarorligida er-xotin munosabatlari asosiy o‘rin tutishini hamma ma`lum bo‘lgan munosabat hisoblaydi. Bugungi kunda qonunchiligimizda nikoh orqali inson va oilani ulug‘lashga, erkak va ayolning huquqlariga, ularning sha`niga va oilada tinchlikni saqlashdagi o‘zaro munosabatlari belgilanishi bo‘yicha yangi huquqiy normalar kiritilib takomillashtirishga katta e`tibor qaratilmoqda. Аyollar va erkaklar huquqlari tenglashtirilib o‘zaro munosabatlari kafolatlanmoqda.

Oila muqaddas dargoh. Bu dargohda qanchadan-qancha olimlar, ullomolar yetishib kamol topishgan. Oila barqarorligida er va xotin bir-biriga nisbatan zimmasidagi burch va mas`uliyatini his qilib sidqidildan ado etsa, oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday oilada tug‘ilgan farzandlar ham go‘zal tarbiya topadi va ulardan jamiyatga foydasi tegadigan insonlar yetishib chiqadi. Oila boshlig‘i bo‘lgan erkak o‘zining turmush o‘rtog‘iga yaxshi muomalada bo‘lishini, tabiatidagi ayrim noxushliklarga sabr qilishini, ba`zi xatolariga ko‘z yumishi, o‘zining oilasiga moslashtirgan holda ayolni tarbiyalashi kerak. Xotinining ayrim fe`lidan g‘azablanib, oilani buzib yuborishga shoshilmasligi yoki xotinining qilgan xatosi tufayli uni yomon ko‘rib qolmasligi lozim. Balki uning yaxshi odatlari bilan qilgan xatosini solishtirgan holda uning xatosini kechirishi boshqa xato qilmasligini kerakligi yaxshi muomala qilishi orqali tushuntirishi kerak.  Аyolning ham eri oldida zimmasiga tushadigan vazifalari bor. Аyol kishi barcha ishda eriga itoat qilgan holda ish olib borishi zarur. Oilada ayol o‘jar-qaysar bo‘lsa, bunday oilaning davomiyligi va mustahkamligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Аyol har qanday holatda ham eriga hurmat ko‘rsatishi lozim. Er-xotin hamjihat, bir-biriga yaxshi muomalada, o‘zaro hurmatda bo‘lsa, bu oilada tarbiya topayotgan farzandlar ham kelajakda o‘z oilalarida shu munosabatni o‘rnatadi. Natijada oilada ahillik, mehr-muhabbat hukm suradi va u mustahkam bo‘ladi.

                                                           Rajabgul GULMATOVA,

                         Qumqo‘rg‘on tuman FHDYO bo‘limi 2 toifali inspektori