O‘zingizni va uyingizni yong‘indan asrang

Mamlakatimizning har jihatdan rivojlanishida baland-baland binolarni qurish, insonlarning ehtiyojlari ko‘payotganligi, fuqarolarimizning qurulish ishlarini olib borish jarayonida yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilmaganliklari oqibatida yong‘inlar ko‘payotganligi, hatto odamlarning halok bo‘lishi kuzatilmoqda. Shuning uchun davlat tashkilotlarida va aholining yashash uylarda qurilish ishlarini amalga oshirayotganda doimo yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qo‘yilgan talablarni bajarish kerak. Hozirgi vaqtda fan va texnika yutuqlari, yer osti va yer usti boyliklaridan unumli foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati bosqichidayoq olov qanchalar muhim o‘rin tutganligi esa tarixdan ma’lum. Ayni chog‘da ajdodlarimiz mazkur kashfiyot mevasidan noto‘g‘ri foydalanish qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi aniqlashgan va olov ta’sirida yuzaga keladigan barcha ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan ehtiyot choralarini ko‘rishgan. Uy qurulishidan tortib uni isitish va sovitish tizimlari, oshxonaning jihozlanishi, o‘choq boshida olov yoqish qoidalari o‘ziga xos. Ularda yong‘inga sabab bo‘ladigan holatlarga yo‘l qo‘yilmagan. Bolalarga-ku olov bilan bog‘liq hech qanday yumush buyurilmagan yoki bolalarning olov o‘ynashlariga mutloqo izn berilmagan.

Afsuslar bo‘lsinki, bizning davrimizga ko‘pchilik ota-onalar olov bilan bog‘liq ishlarda, aytaylik, ovqat pishirish, choy qo‘yish singari uy-ro‘zg‘or yumushlarida yong‘in xavfsizligi qonun-qoidalariga amal qilmayapti yoki bu yumushlarni bolalarga topshirib qo‘ymoqda. “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” doirasida tumanimizdagi mahallalarda yashovchi fuqarolarning xonadonlaridagi yong‘inga qarshi holatini ko‘zdan kechirganimizda bir qator kamchiliklar aniqlanib, xonadon egalariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Talablarni qo‘pol ravishda buzgan fuqarolar ma`muriy jarimaga tortildi va ularga qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borildi.  Yashash joylarida bo‘lgani kabi ish joylarida ham yong‘inga olib keluvchi holatlarga loqayd munosabat hamon saqlanib qolayotganligi tashvishlanarlidir. Buning natijasida joylarda turli darajadagi yong‘inlar sodir bo‘lib turibdi.

                         SH. XAITMURODOV,

Qumqo‘rg‘on tumani FVB P va NB katta inspektori, mayor