Nogironligi bo‘lgan yoshlarga 15 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Reglamentga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so’mgacha) subsidiya ajratiladi.

a) Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq:

–        o‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdorlari va ularni hisoblash tartibi;

–        subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish qoidalari;

–        talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;

–        subsidiyani tayinlash va to‘lash tartibi;

b) Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori;

subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish qoidalari;

talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;

subsidiyani tayinlash va to‘lash tartibi.

3. Belgilansinki:

har bir talabgorga ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan (o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun yoki asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun) subsidiyaning faqat bir turi bir marta ajratiladi;

subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun — 2022-yil 1-avgustdan, 2023-yildan boshlab har yili — 10-yanvardan qabul qilinadi.

Abdishukur Abdimuratov,

tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Bosh mutaxassisi

     Shahnoza Bo‘ronova,

tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi