KEKSALAR HAFTALIGI

Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keksa avlod vakllarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta`minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an`analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan Qumqo‘rg‘on tumanida keksalar haftaligi doirasida tuman hokimining o‘rinbosari Normo‘min Allanazarov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i Ramazon Narmuradov faxriy ustoz Fayzulla Mirzayev holidan xabar olib keksa avlod vakiliga hurmat ko‘rsatildi.