TUMAN KENGASHINING OLTMISH OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining 66-sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida Qumqo‘rg‘on tuman IIB JXX YHXG kapitan  Begmatov Nurbekning Qumqo‘rg‘on tumani IIB JXX YHXGning 2023-yil 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Shunungdek, “Qumqo‘rg‘on gaz ta’minoti” tuman filiali boshlig‘i Imomnazar Mustafaqulov, Xalq banki Qumqo‘rg‘on filiali boshqaruvchisi Elmurod Mardayevlarning hisoboti eshitildi. Deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Shundan so‘ng, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi va sessiya o‘z ishini yakunladi.