Buvijonlar ertagi

Xalq ertaklari o‘zining teran mazmuni, katta-kichikka birday tushunarliligi, orzularning beqiyosligi va niyatlarining olijanobligi bilan barcha yozuvchilar diqqatini jalb etgan. Fransuz yozuvchisi Perro, nems ertakchilari aka-uka Grimmlar, daniyalik Andersan, rus shoiri Pushkin, o‘zbek yozuvchisi Hamid Olimjon va boshqa ijodkorlar xalq ertaklarining ajoyib namunalarini yaratganlar.

 Ertaklar barcha davrlarda ham dolzarbligicha qolaveradi. Barcha xalqlarning o‘g‘il va qizlari ertaklarni o‘qib, ulardan hayot sabog‘ini oladi, adolat va ezgulik tantanasiga ishonch ruhida tarbiyalanadi. Ertaklar barcha kitobxonlarga fikrning mardonavorligi va xayolotning shiddatkorligini shakllantiradiki, bu ayniqsa bugungi misli ko‘rilmagan ishlar va kashfiyotlar davrida g‘oyat ahamiyatlidir. Qumqo‘rg‘on tumanida haftaning har chorshanba kuni “Buvijonlar maktabi” a`zolari tomonidan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolajonlar uchun ertak o‘qib beriladi. Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, o‘zbeklarda ham ommaviy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Ertak janri o‘zbek folklorining epik turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro‘y bergan ibratli voqea hikoya qilingan. Bu orzu-havaslar natijasiz bo‘lmaydi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o‘tish, dunyoning turli burchaklaridagi voqealardan xabardor bo‘lish niyatlari ham bo‘lib, bugungi kunda raketa, samolyot, avtomubillarning, televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning, qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keladi. Bunday ertaklarning o‘qib, o‘rganilishi natijasida bolalarning kashfiyotlar qilish haqidagi tushunchalari rivojlanishiga erishish mumkin.

                                        A. Toshmuhammedova,

       Qumqo‘rg‘on tuman “Buvijonlar maktabi” raisi