Ov qurollaridan foydalanishda ehtiyot bo‘ling

Ichki ishlar organlari tomonidan o‘qotar qurol egalari o‘rtasida shaxsiy o‘qotar qurolni  o‘rnatilgan tartibda  saqlash va undan xavfsiz foydalanish tartibotlarini targ‘ib qilish,ushbu qoidalarga to‘la-to‘kis amal qilinishi bo‘yicha tumanimizda o‘qotar qurol egalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda  qurol egalari tomonidan ov qurolini saqlash  qoidalariga amal qilmasligi, belgilangan joylarda saqlanmasligi oqibatida o‘lim bilan bog‘liq favqulodda hodisalarning sodir etilishi davom etayotganligi ta`kidlandi.Jumladan, Sherobod  tumani “Uzunsoy” mahallasida yashovchi  fuqaro ukasi bilan ushbu mahalla hududida yaylov yer maydonida mollarni boqib turgan vaqtida o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan mahalladoshining o‘g‘li bilan yaylov yer maydonini talashib, o‘zaro janjallashib qolishi natijasida  tuman IIB da ro‘yxatda turgan  ov quroli bilan aka – ukalarga qarata o‘q uzgan. Natijada akasi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan. Bu kabi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishimiz uchun barchamizda hushyorlik talab etiladi.

                                                    A.Xolmo‘minov,

tuman IIB  JXX JTSG  katta inspektori, katta serjant