PAXTA REJASI BIRIN-KETIN BAJARILMOQDA

Tumanda 2023-yil paxta hosili uchun 7496 gektar yer maydoniga chigit ekilgan bo‘lib, 28285 tonna paxta xom ashyosini topshirish rejalashtirilgan. Bugungi kun holatiga ko‘ra tumandagi fermer xo‘jaliklari tomonidan belgilangan shartnomaviy rejalar birin-ketin bajarilmoqda. Bugun tumanning 1-sektor S.Boymatov hududidagi “Zilola Ruslan” fermer xo‘jaligi tomonidan 2023-yil hosili uchun belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi. Tuman hokimi Anvar Normamatov ushbu fermer xo‘jaligi paxta dalasida bo‘lib, paxta rejasini ortig‘i bilan bajargan fermer xo‘jaligi rahbari, terimchilar, suvchi va mexanizatorlarni bayram bilan tabriklab, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

“Zilola Ruslan” fermer xo‘jaligida 2023-yil hosili uchun 20,5 gektar maydonda paxta yetishtirilib, 79 tonna paxta xom ashyosi topshirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. O‘rtacha hosildorlik 38 sentner.

            O‘z muxbirimiz