QANDLI DIABETNING SABABI VA DAVOSI

Qandli diabet odamlar orasida uchrayotgan kasallik. Uni aniqlash uchun tibbiyot xodimlari mehnati yetakchi o‘rin tutadi. Shifokorga murojaat qilib laboratoriya tekshiruvlari asosida kasallik aniqlanadi. Kerakli davo choralari qo‘llanadi.

Ho‘sh qandli diabet kasalligi qanday kelib chiqadi? Qandli diabetning I toifasida odamning oshqozon osti bezidagi insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar insulin ishlab chiqarolmaydi. Organizmda insulin yetishmasligi sababli glyukozani qayta ishlay olmaydi. Ovqatning tarkibidagi glyukoza hujayralariga kirib borolmaydi. Kasallikning II toifasida organizmdagi tegishli hujayralarining insulinga nisbatan sezgisi kamayadi. Yetarli miqdorda insulin ishlab chiqaradigan taqdirda ham qondagi glyukozaning hujayralariga kirishda muammo yuz beradi. Oqibatda qon tarkibidagi qandning miqdori kamayib, organizmdagi turli muammolarga ilk debocha bo‘ladi. Agar bu davrda e`tiborsizlik qilinsa keying bosqichda insulin ishlab chiqarmasligi ham mumkin. Oqibatda II toifa diabet qonda glyukoza miqdorining yuqori darajada saqlanishiga olib keladi. II toifada qon qabul qilmaydigan darajada glyukoza miqdori ko‘tariladi. Qonda shakar miqdori doimiy ravishda ko‘tariladi. Turmush tarzi o‘zgartirilmasa, davolanmasa dastlabki alomatlari kasallikka aylanadi. Ilk asoratlari yashirin bo‘lib, yashirin rivojlanadi. Dastlabki bosqichda yengil o‘tadi.

Qandli diabet bilan kasallanganda uning alomatlari seziladi. Buyrak glyukozani tashqariga chiqarishga harakat qiladi. Kaliy, magniy va boshqa minerallar chiqib ketadi. Ortiqcha chanqoq bo‘ladi. Ochlik his qilinadi. Doimiy charchoq va suyuqlik kelib chiqadi. Qondagi ortiqcha shakar qon tomirlari va kapillyarlarga zarar yetkazadi, uning devorlari mo‘rtlashadi. Shu tufayli ko‘zning ko‘rish qobiliyati susayib, tasvir xiralashadi. Bu bir ko‘zda yoki ikkalasida namoyon bo‘ladi. Bu vaqtda davolashni boshlash zarur. Uy hayvoni, masalan, mushuk tirnab olgan yaraning tuzalishi va bitishi uchun hafta, oylar kerak bo‘ladi. Infeksiya yuqtirish darajasi oshadi. Barmoqlar va oyoq uchlarida uyushish paydo bo‘ladi. Terining qalinlashishi, ranging qorayishi va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Davolashda yurakni sog‘lom saqlash zarur. Buning uchun har kuni taxminan yarim soat aerobik mashqlar qilinadi. Jismoniy mashqlar qon glyukozasini nazorat qilishga yordam beradi. Mashqlarni to‘g‘ri bajarmasa salbiy ta`sir qiladi. Qonda qand miqdorini tushuruvchi tabletkalar qabul qilish, insulin yordamida davolash tavsiya etiladi. Parhez ovqatlarga amal qilinadi. Ovqatlanishga kletchatkaga va sog‘lom uglevodlarga boy ovqatlarni qo‘shish zarur. Meva, sabzavot va qonli mahsulotlar iste`mol qilinsa qonda glyukoza miqdori barqaror saqlanadi. To‘yguncha ovqatlanib, ortiqcha yemaslik, vazinni me`yorida tutish kerak. Qandli diabetda iste`mol uchun tavsiya qilingan ovqatlarni bilish zarur: kuniga 200 gramm qora yoki diabetda iste`mol qilinadigan non; yog‘siz mol go‘shti, baliqli yoki sabzavotli sho‘rva – haftada 2 marta; yog‘siz mol yoki terisidan ajratilgan tovuq go‘shti (kunda 100 gr) yoki baliq mahsulotlari ( kuniga 150 gr) qaynatilgan yoki dimlangan holda; dukkakli va makorondan tayyorlangan taomlarning iste`molini chegaralash ( ularni yeganda non miqdorini keskin kamaytirish). Javdar va grechka (grichixa), ba`zan bug‘doy, perlovka yoki guruchli taomlar, ulardan tayyorlangan bo‘tqalar yog‘ almashinuvini yaxshilaydi va jigar faoliyatini me`yorlashtiradi, unga yog‘ o‘tishni kamaytiradi. Manna yormasi bundan istesno; Sabzavotlar va ko‘katlar – kartoshka, lavlagi, sabzi kuniga 200 gr, karam, salat bargi, rediska, bodring, pomidor va ko‘katlar istalgan miqdorda yangi uzilgan, qaynatilgan holda; tuxum – chala pishgan, omlet ko‘rinishida yoki boshqa taomlar qo‘shilgan holda 2 donagacha; nordon, shirin-nordon mevalar (olma, apelsin, limon, olxo‘ri, maymunjon, na`matak va boshqalar kuniga 200-300 gr. Sut va sut mahsulotlari (qatiq, prostokvasha, shirin bo‘lmagan yogurt, tvorog) shifokor ruxsati bilan kuniga 2 piyoladan. Haftaning ba`zi kunlarida chegaralangan miqdorda pishloq, qaymoq, smetana; tvarog kun ora turli taomlar ko‘rinishida 100-200 gr. Shu o‘rinda man etilgan mahsulotlarni ham ma`lum qilamiz. Oshirma va qavatli hamirli mahsulotlar, tort, yog‘li sho‘rvalar, manna yormali sutli bo‘tqalar, ugra oshi, yog‘li go‘sht, o‘rdak, g‘oz go‘shti, qazi-qarta, dudlangan mahsulotlar, kolbasalar, yog‘li va tuzlangan baliq, yog‘li baliq konservalari, ikra, sho‘r pishloq, qaymoq, tuzlamalar, uzum, banan, anjir murabbosi, konfetlar, turshaklar, ananas, mayiz, xurmo, o‘rik, qovun, muzqaymoq, shirin sharbatlar, gazlangan ishimliklar, limonadlar, spirtli ishimliklar iste`mol qilmaslik kerak.

Albatta, hurmatli va qadrli uy bekalari qandli diabet bilan o‘g‘rigan bemor bor xonadonda turmush tarzini o‘zgartirish, iste`mol mahsulotlari taomnomasini ularga mos tuzishni maslahat beramiz.

            N. MUHAMMADIYEV