Xorijiy til va kasbga o‘rgatish bo‘yicha  seminar o‘tkazildi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 20-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida umumta’lim maktablarida ikkita xorijiy til va kasbga shart-sharoit yaratish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida 2023-2024 o‘quv yilida ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish hamda 11-sinfni «Hayot maktabi» etib belgilash bo‘yicha tuman seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarga tuman hokimi Anvar Normamatov tashrif buyurdi va o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi  hamda kelgusi yildan boshlab o‘g‘il-qizlarning kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yo‘naltirish amaliyoti joriy qilinishi ta’kidlandi.

                                                                        A. Amanov,     Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari