Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Tumanimizda mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan ijtimoiy sohalardan, xalq ta`limi tizimida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, 25- va 54-sonli umumiy o‘rta ta`lim maktablarimizning qo‘shimcha filial binolari mustaqil maktablarga aylantirilib 72- va 75-sonli umumiy o‘rta ta`lim maktablari deb yuritilishi belgilandi. Qumqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo‘limiga qarashli 85 ta umumiy o‘rta ta`lim maktablariga joriy 2023-2024-o‘quv yilida 5023 nafar 1-sinf o‘quvchilari qabul qilinib, barchasi Prezident sovg‘alari bilan 100 foiz ta`minlandi.

Mustaqillik bayrami arafasida tumandagi 79-sonli umumiy o‘rta ta`lim maktabiga 180 o‘rinli yangi bino qurish bilan rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 2. 285 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Pudratchi tashkilot “Mukammal invest” MChJ si tomonidan qurilish ta`mirlash ishlari olib borilib, 180 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

         Tumandagi 86-sonli umumiy o‘rta ta`lim maktabiga 180 o‘rinli yangi bino qurish bilan rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 2. 390 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Pudratchi tashkilot “Mukammal invest” MChJ si tomonidan qurilish ta`mirlash ishlari olib borilib, 180 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, 10-sonli umumta`lim maktabini kapital ta`mirlash uchun 954.0 mln so‘m ajratilgan. Pudratchi tashkilot “Surxon Saxovati” MChJ chi. Maktabda rejalashtirilgan binolarda kapital ta`mirlash ishlari tugatilib ishga tushirildi.

Bundan tashqari, 15-sonli umumta`lim maktabini kapital ta`mirlash uchun 1.041 mlrd so‘m ajratilgan. Pudratchi tashkilot “Mehnat Rohat Kimyo” MChJ si. Maktab binosini kapital ta`mirlash rejalashtirilgan qismida ishlar tugatilib foydalanishga topshirildi.

Qumqo‘rg‘on tumanida jami 85 ta umumiy o‘rta ta`lim maktablari mavjud bo‘lib, shundan jami 3246 nafar 11-sinf bitiruvchilari tugatib, shundan 685 nafari davlat Oliy ta`lim muassasalariga o‘qishga kirib jami bitiruvchilarning 21,1foizini tashkil qiladi.

                                      R. TO‘XTAYEV,

Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mudiri