Nuroniylar e`zozda

Tumandagi 33-sonli umumta’lim maktabida 9-may «Xotira va qadrlash» kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirda faxriy uztozlar, nuroniy otaxon va onaxonlar hamda Qumqo‘rg‘on tumani MMB mudiri vazifasini bajaruvchi S. Saidov ishtirok etdi. Tadbir so‘nggida faxriy uztozlar, nuroniy otaxon va onaxonlar bir piyola choy ustida suhbatlashdilar.

11-«A»sinfining sinf soati darsida sinf rahbari F. Qobilova tashabbusi bilan «Inson qadri ulug‘- xotirasi muqaddasdir» nomli tadbir o‘tkazildi.

               E. ERGASHEV,

           maktab direktori