Temir yo‘lda baxtsiz hodisalarning oldini olish

So‘z boshida shuni aytmoqchimanki, inson o‘z faoliyatini o‘zi boshqaradi. Buning uchun unga aql berilgan. Xatti-harakatlari hayoti uchun xavfli  bo‘lmay, ezgu natijalarni keltirsa mazmunli umr kechirayapti deymiz. Bu gaplarni aytishimdan maqsad insonga bir marotaba beriladigan hayot deb atalmish umrni mazmunli o`tkazishimiz kerak. 

Afsuski so‘nggi vaqtlarda hayot sinovlariga chidolmasdan o‘z joniga qasd qilish jinoyati ko‘paymoqda. Temir yo‘lda baxtsiz hodislarning oldini olish bo‘yicha mahalla va maktablarda davra suhbatlari o‘tkazilayotganiga qaramasdan baxtsiz hodisalar sodir etilayapti. Ayrim o‘quvchilar qulog‘iga quloqchin taqib temir yo‘lning o‘rtasidan yurayapti. Buning oqibatida afsuski birining qo‘lini, birining oyog‘ini kesib tashlash, voqea joyida vafot etish holatlari uchramoqda. Mahallarda fuqarolar oilaviy kelishmovchiliklar sababli o‘zini poyezd tagiga tashlab oyog‘i yoki qo‘lini kesib tashlash, vafot etish holatlarini sodir etayapti. Avtomashina haydovchilari qo‘riqlanadigan va qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalaridan tez o‘tib ketaman deb o‘ylab mashinani belgilangan joyda to‘xtatmasligi oqibatida temir yo‘lning o‘rtasida to‘xtab qolib yo‘l harakati hodisasiga sababchi bo‘lmoqda. Avariya oqibatida  vafot etayapti.

 Hurmatli mutolaachi, o‘sib kelayotgan yosh bolaning oyog‘ini yoki qo‘lini kesib tashlasa u bir umr nogiron bo‘lib bir insonning qo‘liga qarab yashaydi. Oilaviy kelishmovchiliklar sababli farzandlari otasiz yoki onasiz qolib yetim bo‘ladi.  Аvtomoshinasini tez haydab o‘taman deb o‘zi va avtomoshina ichidagi yo‘lovchilarning oilasi boquvchisiz qoladi. Sizdan to‘g‘r, tegishli xulosa chiqarishingizni so‘raymiz.

                  B. VAITOV,

Transportda XTB XPG katta inspektori, mayor 

      U. ABDUMURODOV,         

Transportda XTB XPG katta inspektori, kapitan