BESH TASHABBUS OLIMPIADASI G‘OLIBLARI

Tumanimiz yoshlarining respublika miqyosidagi sport musobaqalarida g‘olib bo‘lishi har doim xursandchilik olib kelgan. Ana shunday quvonchli natija Besh tashabbus olimpiadasi respublika bosqichida qo‘lga kiritildi. Ixtiyor Musurmonov myrabbiyligida yengil atletika sport turi usullarini puxta o‘rgangan bir guruh yoshlar respublika miqyosidagi bu musobaqada muvaffaqiyatga erishdi. Musobaqa dasturidagi 4X400 metr masofaga estafeta usulida yugirish turida Bobolochin mahallasi yengil atletikachilari faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Bunda Bekzod Toshtemirov, Sarvar Ergashev, Jalol Toshboyev, Oybek Abduqodirov barcha sportchilardan chaqqonligi va tez yugurish mahoratini ko‘rsatib marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Ularning bu yutug‘i O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan munosib taqdirlandi. Sportchilar Diplom, 350 million so‘mlik universal sport majmuasi, esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandi. G‘oliblar Qumqo‘rg‘on temir yo‘l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi.

                                                            N. MUHAMMADIYEV