Qo‘ng‘iroq sadolari

Qumqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktablarining barchasida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati R.Mengziyayeva 11-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab internatida bo‘lib o‘tgan «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirida ishtirok etdi. Barcha tadbir ishtirokchilarini Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bilan tabrikladi. O‘quvchilarning yangi o‘quv yilida ta’lim olishida omad yor bo‘lishini tilab, o‘quv jarayonlarida yuqori natijalarga ko‘rsatishlari lozimligi ta’kidlandi.