MUZEYDAGI MO`JIZALAR

Turizm – sayohat. Diqqatga sazovor shahar va undagi tomoshabop muzey, yodgorliklarni tomosha qilish degani. Sayyohlar yaratilgan qulayliklarni ko‘rib, matnlarni o‘qib bilimlarini oshiradi.

Bunga misollar keltirganda Toshkent shahridagi “Magec City” o‘ziga xos arxitektyra majmuasida ”Magic Museum” deb nomlangan muzey bor. Mo‘jazgina muzeyga kirib katta taassurotlar olasiz. Qadimgi hayvonlarning skeleti, ulkan suyaklari, ikki boshli to‘rt ko‘zli qo‘zichoq, olti oyoqli hayvon, kosmonavtning kiyimlari, porvoz chog‘i kiygan qo‘lqopi e`tiborni tortadi. Ikkita ekranda sun`iy yo‘ldoshlarning Oy va Mars sayyorasining ko‘rinishini tasvirga olgan filmlar namoyish etilayapti. Tomoshabin muzeydagi bu filmlarni tomosha qilib Oy va Mars sayyorasidagi qumlar, jarliklar, sun`iy yoldoshlarning harakatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi. Bu sayyoralar haqidagi tasavvurlari aniq taassurotlarga aylanadi. Eng uzun odam va uning kiyimlari, eng mitti odamning poyabzali, burnini og‘zi bilan yopgan shaxslarning maketlari qiziqarli. Temir tangalardan ulkan arxitektyra majmuasini ko‘rish ham maroqli.

Albatta, bunday tomoshabop joylar, eksponatlar ko‘p. Sayyohlar bu qulaylikdan bahra olib xursand bo‘layapti.

                                                                                        N. MUHAMMADIYEV