SURXONDАRYO VILOYATI QUMQO‘RG‘ON PEDАGOGIKА KOLLEJIGА O‘QISHGА QАBUL QILАMIZ!
Qumqo‘rg‘on pedagogika kollejiga 2023-2024-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 11- sinf, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarni o‘qishga qabul qiladi:
1. Maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachisi – o‘qish muddati kunduzgi shakli 1,5 yil, sirtqi shakli 2 yil.
2. Maktabgacha ta‘lim yordamchi tarbiyachi – o‘qish muddati kunduzgi shakli 1 yil, sirtqi shakli 1 yil 3 oy.
3. Musiqa ta`limi – ta`lim shakli sirtqi, o‘qish muddati 2 yil.
4. Jismoniy tarbiya va sport – ta‘lim shakli sirtqi, o‘qish muddati 2 yil.
5. Maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachisi (dual ta‘lim) – o‘qish muddati 1,5 yil. Ushbu ta`lim turida o‘quvchilar haftada 3 kun ishlash, 3 kun o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
6. Oshpaz qandolatchi –ta`lim shakli sirtqi, o‘qish muddati 1 yil.
7. Maktabgacha ta‘lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi (dual ta`lim) – o‘qish muddati 1 yil. Ushbu ta`lim turida o‘quvchilar haftada 3 kun ishlash, 3 kun o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
8. Kutubxonashunoslik – ta`lim shakli sirtqi, o‘qish muddati 2 yil.
Ta`lim berish 2 yilgacha muddatda kunduzgi, sirtqi va dual ta`lim shaklda davlat buyurtmasi asosida grant hamda to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Kollejga o‘qishga kirish my.uzbmb.uz saytida “Professional ta`lim muassasalariga qabul” (https://my.uzbmb.uz/service/67) bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
1. Elektron ariza;
2. Umumta`lim maktabining 11-sinfini tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
Respublikaning barcha hududlaridan o‘quvchilar va chet el fuqarolari qabul qilinadi.
Qabul 2023 yil 10 avgustdan 10 sentyabrgacha davom etadi.
Murojaat uchun telefonlar:
+99891 713 01 11
+99890 267 60 86
+99899 376 59 11
Manzil: Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani, Sheroziy mahallasi.