Harbiy xizmatchilarga g‘amxo‘rlik

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z  zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratilib kelinmoqda. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san`at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta`minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi. Shu jumladan beshta muhim tashabbusning ijrosini ta`minlash maqsadida DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida yosh harbiy xizmatchilarning oila a`zolari, shinam xonalar zamonaviy tikuv mashinalari bilan ta`minlanib foydalanishga topshirildi.

                                                         F. To‘rayev,

                                                   harbiy xizmatchi