Noqonuniy o‘qotar ov quroli va pnevmatik qurollarni saqlash jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

2022 yil 2 dekabr kunidan boshlab barcha turdagi pnevmatik qurollar, elektroshokkerlar, gazli balonchiklar va boshqa inson hayotiga xavf soluvchi qurollarni hujjatlashtirish muddati tugaganligi munosabati bilan hozirgi kunda tuman hududida ushbu qurollarni noqonuniy saqlab kelayotgan fuqarolar aniqlansa ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 247, 248, 249-moddalariga javobgarlikka tortilishi, agarda o‘z xohishi bilan noqonuniy ov qurollari barcha turdagi pnevmatik qurollar, elektroshokkerlar, gazli balonchiklar, pistoletlar va boshqa inson hayotiga xavf soluvchi qurollarni o‘z xohishi bilan tuman IIB JXX JTSG katta inspektori, katta serjant А. Xolmo‘minovga 90-076-33-00ga yoki profilaktika inspektoriga topshirishlari kerak bo‘lgan aniqlangan o‘q otar ov qurollar va pevmatik qurollar tuman IIB JXX JTSG bo‘limiga olib kelinishi va ro‘yxatga qo‘yilishi qonun bilan belgilangan.

Jinoyat kodeksining 247, 248, 249-moddalari va Ma`muriy kodeksining 185, 220, 221-moddalariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilib o‘qotar bo‘lmagan qurollar (pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari) va o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga hilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma`muriy javobgarlik choralari belgilandi; qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazish tartibi, shuningdek, qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro‘yxatlari tasdiqlandi; ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshi 21 dan 25 yoshgacha oshirildi; tuzilishi qayta o‘qlamasdan uzluksiz o‘q uzish imkonini beruvchi silliq stvolli yarim avtomatik o‘qotar ov quroli mavqei soyli stvolli qurolga tenglashtirildi (qurolga egalik qilish staji kamida 10 yil bo‘lishi belgilandi); g‘ayriqonuniy maqsadlarda ma`lum texnik sharoitlar va ko‘nikmalar yordamida qayta jangovar holatga keltirilishi mumkin bo‘lgan “pahtavon” (“oxoloщennoe”), o‘quv va vazn-gabaritli (“masso-gabaritnoe”) qurolning muomalasi taqiqlandi (kollektsiyalash yoki ko‘rgazmaga quyish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslardan tashqari); barcha turdagi pnevmatik qurolga (og‘iz qismidagi quvvati djoul va kalibridan qat`iy nazar) egalik qilishni faqat ichki ishlar organlarning ruxsatnomasi asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday qurol sonini 3 dona bilan cheklanishi belgilandi; pnevmatik kalta stvolli qurolning (bundan uning sport obyektlarida saqlanishi va undan foydalanishi mustasino) muomalasi taqiqlandi; fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish taqiqlandi; fuqaroviy ov qurolining magazinining ruxsat etilgan sig‘imi 10 donadan 5 donagacha kamaytirildi; bittadan ortiq har bir soyli stvolli o‘qotar ov quroliga, pnevmatik ov quroliga va silliq stvolli o‘qotar ov quroliga egalik qilganlik uchun har yili bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330.000 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi; soyli stvolli (nareznoy) o‘qotar ov qurolini, shu jumladan aralash o‘qotar qurolni yoxud yarim avtomat silliq stvolli o‘qotar ov qurolini va uning o‘q-dorilarini, o‘qdon (baraban) sig‘imi to‘rt dona patrondan ortiq bo‘lgan silliq stvolli o‘qotar ov qurolini, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov quroliga egalik qilish staji 10 yil sifatida belgilandi; fuqaroviy qurolga egalik qilishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar kiritilib, ular yuzaga kelganda qurolni zudlik bilan olib qo‘yish mexanizmi belgilangandi:

1) qasddan jinoyatlar sodir etilganlik uchun sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlanganligidan qat`iy nazar (10 yil davomida);

2) qurol egasi yoki qurolga egalik qilish istagini bildirgan fuqaro va u bilan birga yashovchilarga nisbatan qoralovchi ma`lumotlar mavjud bo‘lganda.

Jismoniy va yuridik shaxslarda mavjud pnevmatik qurollarning hujjatlari umuman bo‘lmaganda, ushbu qurollarning turi va texnik holatini aniqlash hamda ichki ishlar organlariga ro‘yxatga qo‘yish uchun vaqtincha olinishi hamda ekspert-kriminalistika bo‘linmalariga topshirilishi lozim.

        A.             XOLMO‘MINOV,

Qumqo‘rg‘on tumani IIB JXX JTSG katta inspektori, katta serjant