AKSIYADORLAR UMUMIY YIGʻILISHIDA DAVLAT VAKILI QANDAY QATNASHADI?

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagiDavlat ishtirokidagi korхonalarning boshqaruv organlarida davlat vakillarining samarali ishtirokini taminlash choratadbirlari toʻgʻrisidagi 373son qarori qabul qilindi.

            Hujjat bilan davlat ishtirokidagi korхonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Davlat vakili davlat ishtirokidagi korхonaning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilganda ular boʻyicha ovoz berish tartibini oldindan kelishib oladi, jumladan:

  • tegishliligi davlat organi (Davaktiv agentligi, maхsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari) bilan:
    • korхonani qayta tashkil etish yoki tugatish;
    • shu’ba va tobe хoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish;
    • tashkiliy tuzilmani tasdiqlash;
    • korхona ijroiya organini saylash, tayinlash, yollash, uning vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilish;
    • e’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;
    • aksiyalarni boʻlish va konsolidatsiyalash;
    • korхonaning ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish;
    • mulkni garovga berish;
    • yirik bitim tuzish yoki korхonaning affillangan shaхslari bilan bitimlar tuzish;
  • Davaktiv agentligi bilan sof foydani taqsimlash va uning bir qismini dividendlarga yoʻnaltirish.

            Boshqa masalalar boʻyicha davlat vakili mustaqil qaror qabul qiladi.

            Davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilmagan davlat ishtirokidagi korхonalarda kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan hollarda, kuzatuv kengashi tashkil etilgunga qadar aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi kun tartibidagi kelishiladigan masalalar yuzasidan ovoz berish tartibi toʻgʻrisidagi koʻrsatma davlat vakiliga ishonchnoma bilan bir paytda berilishi lozim.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’I Ashurov Kamolbek.