Navro‘z – yashash, yasharish bayrami, tabiatning uyg‘onishi bilan bog‘liq yangi kunning boshlanishidir.
Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyi tarbiyalanuvchilari uchun Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayramona tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari N. Allanazarov, Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyi direktori Z. Dagarova ochib berdi.
Bolajonlarga bahoriy bayram munosabati bilan osh tortildi, esdalik sovg‘alari ulashildi. Tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq va raqslar tadbir ishtirokchilarining ko‘nglidan joy oldi, tadbirga bayramona ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.Ta`kidlash joizki, bu kabi bayramona tadbirlar ertamiz umidi bo‘lgan bolajonlarimizning quvonchiga quvonch, xursandchiligiga xursandchilik qo‘shadi.
T. Shaymanov,
Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyi direktor o‘rinbosari