Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 34-OP tegishli  mahallalarda yashovchi aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Viloyat davolash-profilaktika muassasalari mutaxassislaridan 14 nafar va  tuman tibbiyot birlashmasining mahalliy mutaxassislari  ishtirokida 465 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 34-sonli Oilaviy poliklinikaning Gultepa, Mehrobod, Jarqishloq, Hunarmandlar va Munchoqtepa mahallalaridan  jami – 465 nafar fuqaro  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, 155 nafar aholida turli kasalliklar aniqlandi, shundan 133 nafar bemorlarga ambulator, tuman tibbiyot birlashmasida statsionar davo uchun 18  nafariga muolajalar tavsiya etildi, 4  nafar ehtiyojmand bemorlarga salomatligini tiklash uchun viloyat davolash-profilaktika muassasalariga imtiyozli yo‘llanmalar berildi.  Shu kuni yotib qolgan 9 nafar bemorlar ham uy sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiyot muassasalarida bemorlarning kasallik turlari bo‘yicha to‘laqonli davolanishini ta’minlash maqsadida 120 turdagi dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoji aniqlandi. Shundan, 55  nafar aholiga dori vositalar tarqatildi.

 2 nafar fuqaro Respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga statsionar davolanish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimiga ro‘yxatga kiritildi.

Maxsus oftalmomobil tekshiruv avtobuslarida 245 nafardan ortiq aholi tekshiruvlardan o‘tkazildi. Bundan tashqari EKG va UZI tukshiruvlari bilan qamrab olindi.

Tadbir davomida, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati debochasi sifatida boshlangan ushbu tadbirlarda “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkalari”, ”Salomatlik maydonchalari” tashkil etildi. Maxsus tayyorlangan kubarik savolnomasi orqali 143 nafar aholini ovqatlanish xarakterlari baholandi. Tadbirlar davomida aholi orasida “Issiq iqlimda to‘g‘ri ovqatlanish va to‘g‘ri kiyinish” mavzusida suhbatlar tashkil etildi. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini oluvchi 120 dan ortiq tarqatma materiallar  tarqatildi.

Budan tashqari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshchiligida Qumqo‘rg‘on tumanida sog‘lig‘i tufayli muammosi mavjud bo‘lgan 9 nafar uylarida ko‘rik o‘tkazildi va muammolari yechib berildi.