YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

 Qumqo‘rg‘on tumani Madaniyat markazida Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda  noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, OITS ga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati, ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Normo’min Allanazarov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Odil Jiyanov, tuman prokurorining o‘rinbosari Abbos Xurramov hamda Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi va tumandagi uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jamiyatning iqtisodiy va ma‘naviy negiziga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshirishi, ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi ta’kidlandi. Tadbir keng ko‘lamli, munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar mavzu yuzasidan boy taassurotga ega bo‘ldilar.