O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududida Yong‘in xavfsizligini ta`minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirini joriy etish to‘g‘risidagi Farmoyishi hamda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 5-iyuldagi 176-sonli buyrug‘ining ijrosini ta`minlash va Qumqo‘rg‘on tuman hokimining 2023 yil 11-iyuldagi Farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida tuman hududidagi mahallalarda, aholi turar joylarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va boshqa nohush holatlarning oldini olish borasida joylardagi hokimiyat, favqulotda vaziyatlar, ichki ishlar, gaz, elektr idoralari, mahalla va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilishiga qaramasdan so‘ngi vaqtlarda tumanimizda sodir bo‘layotgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlar kuzatilmoqda, so‘nggi vaqtlarda, ayniqsa aholi turar joylarida baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi va bular oqibatida fuqarolarning mol-mulkiga ancha miqdorda zarar yetishi, insonlarni tan jarohati olish hollari tez-tez takrorlanganligi.
Bunday noxush holatlarga chek qo‘yish va aholi turar joylarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisa va boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishimiz uchun tuman gaz ta’minoti korxonasi xodimlari va tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan aholiga tabiiy gazni bir me’yorda yetkazib berilishi va elektr tokini tartibsiz o‘chirib yoqishida fuqarolarni ogohlantirish hamda aholi turar joylaridagi gaz quvurlari, gaz taqsimlash punktlari, elektr tarqatuv simlarining sozligini va boshqa jihozlarning sozligini nazorat qilib borish, gaz ta’minoti korxonasi xodimlari va elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan har kunlik nazorat olinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda mahallalarimizdagi ayrim fuqarolarimiz tabiiy gazdan rezina shlang va qo‘l bola gaz tortish moslamasi orqali foydalanishayotgani, ayrim xonadonlarda mo‘rilari nosozligi aniqlanib fuqarolarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Agarda yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilsak, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi, gaz va havo aralashmasining chaqnashini va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olgan bo‘lamiz.
R. Artiqov,
Qumqo‘rg‘on tumani FVB FVDT va FM faoliyatini tashkillashtirish, xavfsizlik targ‘iboti bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan
A. Almardonov,
“Qumqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi