OBODONLASHTIRISH – SARANJOM-SARISHTALIK

 Tumani hokimi Anvar Normamatov tashabbusi bilan “Beruniy” ko‘chasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. “Yangi shahar” va “Azlarzoy” mahallalari hududidan o‘tkazilgan bu ko‘chaning 3 kilometr 200 metr masofasiga salomatlik yo‘lakchasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Yo‘lning ikki yon qismiga beton ariqlar o‘rnatilib, asfalt yotqizilmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘l chetlari chiqindilardan tozalandi. Daraxtlarning keraksiz shoxlari chopilib, oqlash ishlari amalga oshirildi.